Identifikatsiyalashning

Yagona

Tizimi

zoom in default size zoom out

Foydalanuvchini ro`yxatdan o`tkazish

1
2
3
Shaxsni identifikatsiyalash
Ma'lumotlarni tasdiqlash
Murojaat ma`lumotlarini kiritish
Shaxsni identifikatsiyalash
Ma'lumotlarni tasdiqlash
Murojaat ma`lumotlarini kiritish
"Eelektron hukumat" tizimi foydalanuvchilarini identifikasiyalashning yagona axborot tizimi to’g’risida
NIZOM

(Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-son qaroriga 2-ILOVA)

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Eelektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikasiyalash yagona axborot tizimining (keyingi o’rinlarda identifikasiyalashning yagona tizimi deb yuritiladi) vazifalari, funksiyalari, ishlashi va undan foydalanish tartibini belgilaydi.

2. Jismoniy va yuridik shaxslarning (keyingi o’rinlarda foydalanuvchilar deb ataladi) interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish va idoralararo eelektron hamkorlik doirasida «Eelektron hukumat» tizimidan foydalanishi identifikasiyalashning yagona tizimi yordamida amalga oshiriladi.

II. Identifikasiyalash yagona tizimining vazifalari va funksiyalari

3. Identifikasiyalashning yagona tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:

interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda foydalanuvchilarning haqiqiy identifikasiyalanishini ta`minlash;

«Eelektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini ro’yxatga olish, identifikasiyalash, autentifikasiyalash va avtorizasiyalashning yagona mexanizmini ta`minlash;

idoralararo elektron hamkorlik qilishda davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi o’rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) axborot tizimlaridan ruxsat etilgan holda foydalanishni ta`minlash.

4. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun identifikasiyalashning yagona tizimi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

foydalanuvchilarni ro’yxatga olish, identifikasiyalash, autentifikasiyalash va avtorizasiyalashni;

«Eelektron hukumat» tizimi jismoniy va yuridik shaxslarining markaziy ma`lumotlar bazalari bilan o’zaro hamkorlik qilishi;

foydalanuvchilarning ishonchli shaxsiy ma`lumotlarini identifikasiyalashning yagona tizimiga ulangan vakolatli organlarning axborot tizimlariga ruxsat etilgan holda uzatish;

davlat xizmatlari ko’rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda foydalanuvchilarning vakolatlarini saqlash va boshqarish.

III. Identifikasiyalash yagona tizimining ishlashi va undan foydalanish tartibi

5. Identifikasiyalash yagona tizimining ishlashi O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Vazirlik quyidagilarni ta`minlaydi:

identifikasiyalash yagona tizimining dasturiy-apparat kompleksini texnik qo’llab-quvvatlash va yanada takomillashtirish;

belgilangan tartibda foydalanuvchilarning shaxsiy ma`lumotlari saqlanishi va axborot xavfsizligini ta`minlash choralarini ko’rish;

vakolatli organlar axborot tizimlarining identifikasiyalashning yagona tizimi bilan integrasiyalashuviga qo’yiladigan texnik talablarni tasdiqlash;

davlat organlari axborot tizimlarining identifikasiyalashning yagona tizimi bilan integrasiyalashuviga ko’maklashish;

vakolatli organlar axborot tizimlarini identifikasiyalashning yagona tizimiga ulash (ro’yxatga olish);

identifikasiyalashning yagona tizimida foydalanuvchilar harakatlarini qayd qilish va doimiy monitoringini olib borish;

ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda foydalanuvchilar va vakolatli organlar axborot tizimlarining identifikasiyalash yagona tizimidan foydalanishini blokirovka qilish.

6. Identifikasiyalash yagona tizimining ishlashi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

7. Foydalanuvchilarni identifikasiyalashning yagona tizimida ro’yxatga olish bepul asosda amalga oshiriladi.

8. Foydalanuvchilarni identifikasiyalashning yagona tizimiga ulangan vakolatli organlarning axborot tizimlarida identifikasiyalash jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami va yuridik shaxsning soliq to’lovchining identifikasi raqami asosida amalga oshiriladi.

9. Foydalanuvchilarni identifikasiyalashning yagona tizimida autentifikasiyalash elektron raqamli imzo (keyingi o’rinlarda ERI deb ataladi) vositalari, shuningdek boshqa usullar bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

10. ERI quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi:

interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish uchun, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishda foydalanuvchilar arizasining yuridik kuchini ta`minlash;

foydalanuvchilar interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza berganda axborotni buzib ko’rsatishdan himoya qilish;

foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish uchun bergan arizasini ruxsatsiz ko’rishdan himoya qilish.

11. Foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish uchun bergan arizasidagi ERI bir vaqtning o’zida quyidagi shartlarga rioya qilinganda:

ERI haqiqiyligi tasdiqlanganda;

ERI haqiqiyligini tasdiqlash vaqtida yoxud imzolash vaqtini belgilovchi isbotlar mavjud bo’lganda elektron arizani imzolash vaqtida ERI kalitining sertifikati amal qilganda qog’oz ko’rinishdagi yozma arizaga qo’l bilan qo’yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega.


12. Foydalanuvchi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish uchun identifikasiyalashning yagona tizimi orqali avtorizasiyalanishi kerak.

13. Foydalanuvchi to’g’risidagi ma`lumotlar vakolatli organlarning tegishli axborot tizimlariga muvaffaqiyatli autentifikasiyalanishdan so’ng yuboriladi.

14. Identifikasiyalashning yagona tizimidan olingan foydalanuvchilar to’g’risidagi ma`lumotlar ishonchli hisoblanadi va davlat xizmatlarini ko’rsatish hamda idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun mo’ljallangan.

15. Foydalanuvchilarning axborotni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishga doir belgilangan choralarni buzishga qaratilgan xatti-harakatlariga yo’l qo’yilmaydi.

16. Davlat xizmatlaridan foydalanishda foydalanuvchiga xizmatlarni ko’rsatish va tegishli xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni yuborish tartibi va talablari bilan tanishish imkoniyati beriladi.

17. Davlat xizmatidan foydalanish uchun foydalanuvchi arizasining yuborilishi foydalanuvchining uning tegishli xizmatlarni ko’rsatish uchun zarur bo’lgan shaxsiy ma`lumotlarini yuborish va ulardan foydalanishga roziligi bo’lib hisoblanadi.

IV. Vakolatli organlarning axborot tizimlarini identifikasiyalashning yagona tizimiga ulash

18. Davlat xizmatlari ko’rsatuvchi vakolatli organlar identifikasiyalashning yagona tizimiga bepul asosda ulanadi.

19. Vakolatli organlarning axborot tizimlarini identifikasiyalashning yagona tizimiga ulash integrasiyalashuvga qo’yiladigan texnik talablarga muvofiq amalga oshiriladi.

V. Idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshirish

20. Hujjatlar va axborot bilan avtomatlashtirilgan tarzda ayirboshlash maqsadida vakolatli organlar axborot tizimlarining integrasiyalashuvi «Eelektron hukumat» tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali amalga oshiriladi.

21. «Eelektron hukumat» tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasiga ulanadigan vakolatli organlarning axborot tizimlari ham hujjatlar va axborotni taqdim etish uchun murojaat qilgan ma`lumotlarni yetkazib beruvchilar, ham hujjatlar va axborotni so’ragan ma`lumotlarning iste`molchilari bo’lishi mumkin.

22. Idoralararo elektron hamkorlik qilishda foydalanuvchilarning foydalanishini va vakolatlarini ta`minlash ustidan nazorat qilish identifikasiyalashning yagona tizimi orqali amalga oshiriladi.

VI. Yakunlovchi qoidalar

23. Identifikasiyalashning yagona tizimida foydalanuvchilarning shaxsiy ma`lumotlaridan ruxsatsiz foydalanganlik uchun vakolatli organlar — axborot tizimlarining egalari va O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi javob beradi.

24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Qarorning to'liq matnini ochish